Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda issiqlik bilan ta'minlanuvchi obektlar markazlashgan ta'minotdan mahalliy ta'minotga o‘tkaziladi
"2017-2020 yillarga mo‘ljallangan Toshkent shahrining markazlashtirilgan issiqlik tizimidan ajratish loyihasi" bo‘yicha joriy yilda 3-sonli va 6-sonli Issiqlik markazlaridan issiqlik bilan ta'minlanuvchi obektlarni markazlashgan ta'minotdan mahalliy ta'minotga o‘tkazishga doir ishlar rejalashtirilgan.
Ushbu loyiha jami 1071 ta obekt, jumladan 790 ta ko‘p qavatli turar-joy, 94 ta xalq ta'limi, 17 ta tibbiyot, 17 ta o‘rta-maxsus va oliy ta'lim muassasalari hamda 154 ta boshqa ma'muriy binolarni qamrab oladi.
Markazlashmagan holda issiqlik bilan ta'minlash maqsadida 2-5 qavatli uylar uchun 130 ta mahalliy issiqlik qozonxonalari hamda 7 va undan ko‘p qavatli uylarga, shuningdek ijtimoiy soha obektlariga 461 ta quyosh energiyasidan foydalanuvchi jami 591 ta issiqlik qozonxonalari o‘rnatiladi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur loyihani amalga oshirish uchun 543,5 milliard so‘m mablag‘ talab etiladi.
Mavzuga oid
10:00 / 08.07.2026
Eng ko‘p talaba Toshkent shahrida tahsil olmoqda
18:48 / 06.07.2026
Toshkentda uy xizmatchisi 91 yoshli ayolni qiynab kelgani aniqlandi
11:10 / 01.07.2026
Toshkentda Tracker va BYD ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
09:30 / 23.06.2026