Jahon | 01:42 / 06.04.2017
4676
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina prokuraturasi Poklonskaya va Aksyonov ustidan surishtiruv boshladi

Muassasa sudga bergan tegishli so‘rovnomada Qrimning o‘n nafar amaldorlari ismi keltirilgan.

Ukraina bosh prokuraturasi (UBP) Kiyevning Pechyorsk sudidan davlatga xiyonat qilishda gumon qilinayotgan Qrimdagi amaldorlar ustidan sirtdan surishtiruv ishlari olib borish uchun ruxsat so‘ragan.

UBP matbuot xizmati tomonidan e'lon qilingan ro‘yxatda 10 kishining ism-familiyasi o‘rin olgan. Xususan, gap Qrim rahbari Sergey Aksyonov, Qrim parlamenti spikeri Vladimir Konstantinov va 2016 yil oktabriga qadar Qrim prokurori lavozimini egallab turgan Rossiya Davlat dumasi deputati Natalya Poklonskaya haqida bormoqda. 

Ukraina huquq-tartibot organlari ularni 2014 yilning fevral–mart oylari mobaynida "Ukraina konstitutsiyaviy tuzumini kuch ishlatib yo‘q qilish va davlat chegaralarini o‘zgartirish maqsadida jinoiy guruh tuzgan"likda gumon qilishmoqda. 

"Sud tomonidan qabul qilingan shunday ruxsat taqdim etuvchi qaror Qrim va Sevastopolning amaldorlari deb ataluvchi kishilar ustidan sudgacha bo‘lgan surishtiruv ishlarini yakunlashga imkon yaratadi", — deyiladi UBP saytida e'lon qilingan press-relizda.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid