Jamiyat | 20:57 / 07.04.2017
8493
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda Butunjahon salomatlik kuni hafta davomida nishonlanadi

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti 1948 yil 7 aprel kuni tashkil topgan. Ushbu sana Jahon salomatlik kuni sifatida keng nishonlanadi. 

Andijonda ushbu sana munosabati bilan o‘tkaziladigan haftalik davomida, Andijon davlat tibbiyot instituti professor o‘qituvchilari, tibbiyot muassasalarining malakali mutaxassislari barcha hududlarda aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, jumladan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan keksalar, nogironlarni ham uy sharoitida ko‘rikdan o‘tkazib, davolash ishlarini olib boradilar.

Andijon shahar ko‘ptarmoqli markaziy poliklinkasida bo‘lib o‘tgan ana shunday tadbirda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida gapirdi. So‘ng poliklinikada bemorlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Oltinko‘l tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida Andijon tibbiyot institutidan kelgan tajribali mutaxassislar kun davomida 600 nafardan ziyod bemorni ko‘rikdan o‘tkazdilar.      

Haftalik davomida barcha tuman va shahar aholisining ijtimoiy muhofazaga muhtoj kishilarining katta qismiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.

Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid