Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga yangi majburiyatlar yuklatildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvar kungi PQ-2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari mazkur organlar va tashkilotlar ishtirokida vujudga keladigan nizolarni sudgacha hal etish yuzasidan majburiy tartibda choralarni ko‘radilar. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga ta'sir etadigan davlat organlari va tashkilotlarining qarorlari yuzasidan majburiy tartibda yuridik xizmatning xulosasi olinishi lozimligi belgilandi.
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi lex.uz saytida joylashtirildi.
Mavzuga oid
14:11 / 27.02.2026
Xususiy kompaniya Adliya vazirligiga Kia K9 mashinasini nega bergandi?
17:45 / 26.02.2026
Malakali yuridik yordam: Konstitutsiya kafolatlagan huquq va zamonaviy muammolar
16:44 / 21.02.2026
Amaldorlar daromadini deklaratsiyalash qonunini muhokamaga qo‘yish Adliya vazirligiga bog‘liq emasligi aytildi
14:03 / 14.02.2026