Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oqdaryoda joylashgan tibbiyot birlashmasidagi holat talabga javob beradimi?
Samarqand viloyati 57-Oqdaryo saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Siddiq Namozov tumandagi tibbiyot birlashmasiga tashrifi chog‘ida u yerdagi shart-sharoitlar xalqning haqli e'tiroziga sabab bo‘lib kelayotganligiga guvoh bo‘ldi, deb yozmoqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti.
Bemorlarning davolanishlari uchun yaratilgan sharoitlar qoniqarlimasligi, davolanish xonalarida isitish tizimining yaxshi emasligi bois bemorlar noilojlikdan qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanayotganligi aniqlandi. Shuningdek, elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi muammolari ham borligi ko‘zga tashlandi.

Tibbiyot birlashmasining nevrologiya hamda tug‘uruq bo‘limi binosi o‘ta ta'mirtalab ahvolda. Ovqatlanish va oshxonadagi sanitariya holati ham aytarli darajada emas. Ayniqsa, 2017 yil 3 mart sanasida davolanayotgan bemorlar soni 152 nafar bo‘lib, shundan 29 nafari pullik, qolgani esa imtiyozli ovqatlanuvchi kasallar hisoblanadi. Shunga qaramay, oshxonada bemorlarga tushlik uchun tayyorlanayotgan ovqat moshxo‘rda bo‘lib, unga solinishi lozim bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining miqdori juda kamligi taajjublanarli. Taomnomada ko‘rsatilgan mahsulotlardan birgina go‘sht mahsulotini oladigan bo‘lsak, 123 kishilik ovqatga 1 kg nari-beri go‘sht solingan xolos. Buni qanday izohlash mumkin? Vaholanki, ushbu qozondan 123 nafar bemor ovqatlanishi kerak. Ushbu masalaga oydinlik kiritish masalasida parhez hamshirasi Gulchehra Xubbimovaga savol berilganida aytarli biror izoh berilmadi.

Shuningdek, deputat tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurgan oddiy xalq bilan ham muloqot olib bordi. Muloqotlar davomida nevrologiya bo‘limida yotib, davolanib ketgan tumandagi Pichoqchi MFY fuqarosi Umida Boboyorova shu yerda davolanganligi haqidagi tegishli hujjatlarni 3 kundan buyon shifokorlar tomonidan berilmayotganligi va o‘rtada sarson bo‘lib yurganligini ta'kidlab o‘tdi. Mazkur masala O‘zMTDP fraksiyasi a'zosi Siddiq Namozovning tashabbusi bilan o‘z joyida yechimini topdi.


Mavzuga oid
08:15 / 26.08.2024
O‘zbekistonda ko‘p o‘lchovli kambag‘allik bo‘yicha global muloqot bo‘lib o‘tadi
15:58 / 11.11.2023
Putinning urush boshlanganidan beri birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqoti qachon o‘tkazilishi aytildi
15:43 / 10.11.2023
Kreml Putinning to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqoti va matbuot anjumanini birlashtiradi
08:59 / 02.11.2023