2013 yilda 63 mamlakat va 30 dan ortiq xalqaro taşkilotlarni birlaştirgan Köp ölçovli kambağallik böyiça Global hamkorlik tarmoği (Multidimensional Poverty Peer Network (MPPN) taşkil etilgan bölib, u siyosatçilarga köp ölçovli kambağallikni baholaşda, uni kamaytiriş böyiça yanada samarali çora-tadbirlarni işlab çiqişda yordam beradi. Uşbu tarmoq doirasidagi yillik uçraşuvlar Berlin (2014 y.), Kartaxene (2015 y.), Akapulko (2016 y.), Pekin (2017 y.), Yoxannesburg (2018 y.), Mae (2019 y.) va Santyagoda 2021 yilda bölib ötgan. Şu kabi uçraşuv joriy yilda Özbekistonda ham bölib ötadi.

Özbekiston kambağallikni qisqartiriş masalalari bilan faol şuğullana boşladi. Kambağallik birinçi marta prezidentning 2020 yildagi Murojaatnomasida mamlakat uçun öta muhim masala sifatida rasman tan olindi. Öşa paytda 6 millionga yaqin odam kambağal bölib, mehnatga layoqatli aholining 41 foizi norasmiy sektorda band edi.

"Ijtimoiy himoyaning yagona reyestri" axborot tizimining yaratilişi aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşni sezilarli darajada kuçaytiriş imkonini berdi. 2017 yilda ijtimoiy yordam olgan oilalar soni 500 mingni taşkil etgan bölsa, 2023 yilga kelib bu körsatkiç 2,3 millionga yetgan. 2018 yildan 2023 yilgaça ijtimoiy nafaqalar böyiça xarajatlar 3,7 barobarga sezilarli darajada oşdi.

Yangi iş örinlari yaratiş maqsadida tadbirkorlikni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş orqali kambağallik muammosini bartaraf etiş uçun "Har bir oila – tadbirkor" hamda "20 ming tadbirkor va 500 ming malakali mutaxassis" dasturlari işga tuşirildi. Şuningdek, öz biznesini yölga qöyayotgan ayollarni rağbatlantiriş va qöllab-quvvatlaş maqsadida tadbirkor ayollarga ham alohida yordam körsatilmoqda.

2022 yilda eng kiçik ma’muriy birlik – mahallalar darajasida kambağallikni kamaytiriş va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan "Mahallabay" milliy tizimi joriy etildi, ularning soni mamlakatda qariyb 9,4 mingtani taşkil etadi. 2022-2024 yillarda tizim tomonidan 977,6 mingta oilaviy tadbirkorlik loyihalariga 1,7 milliard dollar miqdorida mikrokreditlar, şuningdek, 152 ming nafar aholiga qariyb 52 million dollarlik subsidiyalar ajratildi. Uşbu tizimning joriy etilişi tufayli 2021 yil boşidan buyon Özbekistonda kambağallik darajasi 17 foizdan 11 foizga sezilarli darajada kamaydi. Deyarli 2 millionga yaqin odam kambağallikdan çiqarildi.