Kreml 14 dekabrni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning töğridan töğri muloqoti va asosiy matbuot anjumani uçun asosiy sana sifatida körmoqda. Bu haqda 10 noyabr, juma kuni voqealarga tayyorgarlik bilan taniş bölgan ismi oşkor etilmagan ikki suhbatdoşiga tayanib, RBK agentligi xabar berdi.
Putin rossiyaliklarning savollariga javob beradigan töğridan töğri muloqot 2001 yildan beri mavjud. Uning fuqarolar bilan uşbu formatdagi bölajak muloqoti 2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainada harbiy harakatlar boşlaganidan keyingi birinçisi böladi.
Töğridan töğri muloqot va matbuot anjumanining birlaştirilişi
Bir neça kun oldin Rossiya prezidentining töğridan töğri muloqoti va katta matbuot anjumani bu yil bir vaqtning özida ötkazilişi ma’lum böldi. Kreml format özgarişi sababiga aniqlik kiritmadi.
Ötgan yillarda töğridan töğri muloqot odatda yozda, katta matbuot anjumani esa qişda bölib ötgan. 2020 yilda, COVID-19 pandemiyasi davrida dekabr oyida faqat matbuot anjumani ötkazildi. 2022 yilda heç qanday tadbir ötkazilmagan.













