Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov 9 noyabr, payşanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning töğridan töğri muloqoti va yirik matbuot anjumani 2023 yilda bir vaqtda ötkazilişini aytdi.
«Bu birlaştirilgan format böladi», dedi Peskov. Uning sözlariga köra, Kreml anjumanni yil oxirigaça ötkazişni rejalaştirgan, aniq sana keyinroq ma’lum qilinadi. Kreml format özgarişi sabablariga aniqlik kiritmadi.
2022 yilda uruş tufayli konferensiyalar bölmagan
Putinning rossiyaliklarning savollariga javob beradigan töğridan töğri muloqot formati 2001 yildan beri mavjud. Ötgan yillarda töğridan töğri muloqot odatda yozda, katta matbuot anjumani esa qişda bölib ötdi. 2020 yilda, koronavirus pandemiyasi davrida faqat dekabr oyida matbuot anjumani ötkazildi, alohida töğridan töğri muloqot bölmadi.
2022 yilda ikkala tadbir ham ötkazilmagan. Rossiya matbuotiga köra, bunga Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari sabab bölgan.













