Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya AQShni terrorchilikka ko‘mak berishda aybladi
AQShning Suriyaga nisbatan tajovuzi terrorchilikning mustahkamlanishiga ko‘mak beradi, deb aytdi BMT Xavfsizlik kengashining yig‘ilishida Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Vladimir Safronkov.
"Siyosiy tartibga solish jarayonini ilgari surishga bugungi chorlovlar harbiy zarbalardan keyin afsuski, munofiqonadir", deb ta'kidlab o‘tdi Safronkov.
"Bu yo‘nalishda Ostona, Jyenevadagi uchrashuvlarda ijobiy siljishlar kuzatilayotgandi. Siz tufayli erishilmagan bu jarayonga putur yetkazayotganda nimalarga tayandinglar?", deb AQSh tomonga yuzlandi Safronkov.
Uning aytishicha, Moskva Suriya bo‘yicha hamkorlik qilish yuzasidan Vashingtonga bir necha marotaba murojaat qilgan, biroq AQSh boshqa yo‘ldan borishga qaror qildi.
"Biroq siz o‘zingizning yo‘ldan borganingizda bu davlatlar va ularning aholisiga fojiaga aylangan. Oqibatlarni o‘ylang. Yaqin Sharqda nimalar qilib qo‘yganingizni bir eslang. Sizning qadamlaringiz siyosiy tartibga solishga jiddiy ta'sir ko‘rsatishi haqida bir o‘ylab ko‘ring", deb o‘z so‘zlarini intiholadi rossiyalik diplomat.
Safronkov shuningdek Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkilotining Suriyadagi faoliyatini tanqid qildi. Uning aytishicha, missiya "muxolifatchilarning xabarlari, internet, ijtimoiy tarmoqlardan olingan va juda shubhali nomga ega bo‘lgan nohukumat tashkilotlari materiallariga tayanishni afzal ko‘rib", nohalol ishlamoqda.
"Siz bu ma'lumotlarga ko‘nishimizni istaysizmi? Bu ma'lumotlar sariq chaqaga ham arzimaydi-ku", deb aytgan Safronkov.
Eslatib o‘tamiz, AQSh 7 aprelga o‘tar kechasi Suriyadagi Shayrat aerodromiga qanotli raketalar bilan zarba berdi.
Mavzuga oid
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:45 / 27.06.2026