Sariosiyo tumani 103 xizmati tanqid ostiga olindi
Joriy yilning 7 aprel kuni xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Sariosiyo tuman Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolarining tumandagi aholi bilan o‘tkazgan bevosita muloqoti shuningdek, tadbirkorlar bilan uchrashuvlari, sog‘liqni saqlash sohasi, ta'lim muassasalari, mahallalar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalarining ishi bilan tanishuvlari natijalari batafsil ko‘rib chiqildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti.
Yig‘ilishda tibbiyot maskanlari, xususan, qishloq vrachlik punktlari dori vositalari, tibbiyot asbob-uskunalari bilan yetarlicha ta'minlanmagani, ularda shifokorlar yetishmasligi, tez tibbiy yordam brigadalarining aholi soniga nisbatan kamligi hamda ularning moddiy texnika bazasining talab darajasida emasligi bilan bog‘liq qator masalalar yechimiga e'tibor qaratildi. Shuningdek, bugungi kunda tumanda tor sohadagi xususan, endokrinolog, rengenolog, reanimatolog, allergolog, profpatolog, bolalar kardiologi, bolalar endokrinologi, bolalar gematologi, bolalar oftolmologi kabi shifokorlarga extiyoj mavjudligi ta'kidlanib, ushbu mutaxassislarni jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, tuman 103 xizmati, tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonasining Sharg‘un shahridagi bo‘limi faoliyati tanqid ostiga olindi. Ayniqsa, birlamchi tibbiyot muassasalari faoliyati tahlil qilinar ekan, bu jarayonda o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining mas'uliyati, parlament va jamoatchilik nazoratining yo‘lga qo‘yilishi aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilashga xizmat qilishi ta'kidlab o‘tildi.
Sessiyada tumanda o‘z yechimini kutayotgan ayrim kamchiliklar va muammolar hamda aholi xonadonlariga tashriflar chog‘ida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar xususida ham so‘z yuritildi. Jumladan, aholi bandligini ta'minlash, bunda ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish borasida mutasaddi tashkilot va idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, tijorat banklarining faoliyati, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, pensiya ta'minoti, ish haqi va ijtimoiy nafaqalar to‘lanishining holati atroflicha tahlil etildi. Birgina aholini madaniy dam olish va hordiq chiqarishini samarali tashkil etish, ushbu maskanlarni malakali kadrlar bilan ta'minlash, xizmat ko‘rsatish binolarini zamon talablari darajasida qurish va jihozlash ishlari ham deputatlarning e'tibor markazida bo‘ldi. Jumladan. Sariosiyo madaniyat muassasalarida malakali kadrlarning yetishmasligi bilan bog‘liq ko‘pgina holatlar qayd etildi.
Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining qarori qabul qilindi.
Mavzuga oid
20:01 / 01.11.2024
O‘zbekiston Qahramoni Ahmad Narzullayev vafot etdi
10:02 / 19.10.2024
Surxondaryoda aholiga tarqatilishi kerak bo‘lgan 1 400 tonna ko‘mir talon-toroj qilindi
07:40 / 18.10.2024
Surxondaryoda gaz quvuriga avtomobil urilishi oqibatida gaz ta’minotida uzilish yuz berdi
07:30 / 17.10.2024