Jahon | 08:54 / 07.04.2017
8553
1 daqiqa o‘qiladi

Tillerson Rossiyaga safaridan avval Moskvani aybladi

Foto: Getty Images

AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning bayonot berishicha, Rossiya Suriyada kimyoviy hujum qilinishiga qarshi  «chora ko‘ra olmagan». Bu haqda Associated Press agentligi xabar qildi.

«Biz Moskvaning bu boradagi uqdirishlarini qabul qila olmaymiz», — deya Tillerson so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi.

Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Suriyada kimyoviy qurolni to‘liq yo‘qotish bo‘yicha 2013 yilda erishilgan kelishuvni bajara olmadi. 

Tillersonning ta'kidlashicha, Moskva «yoki ishtirokchi yoxud bu kelishuvni bajarish qobiliyatiga ega emas».

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid