Jahon | 08:49 / 08.04.2017
28410
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreya yetakchisini yo‘q qilishni taklif qildi

AQSh milliy xavfsizlik kengashi AQSh prezidenti Donald Trampga Shimoliy Koreya siyosatiga ta'sir o‘tkazish varianti sifatida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni yo‘q qilish va Janubiy Koreyada yadroviy qurol joylashtirishni taklif qildi. Bu razvedka xizmatlaridagi manbadan ma'lum bo‘ldi.  

Pxenyan siyosatini tezkorlik bilan qayta ko‘rib chiqish rejasi Trampning Xitoy yetakchisi Si Tszinpin bilan uchrashuvidan oldin tayyorlangan.

Vashingtonda Pekin Shimoliy Koreya siyosatiga diplomatiya va sanksiyalardan ko‘ra ko‘proq ta'sir ko‘rsata olishiga umid qilinmoqda. Biroq agar Shimoliy Koreyada yadroviy sinovlar davom etaversa, AQSh keskin choralarga borishi mumkin, deb ma'lum qildi NBC telekanali. 

Telekanalning yuqoridagi g‘oyalarni muhokama qilishda ishtirok etgan manbasi "bu taklifdan" hayratda emasligini, Janubiy Koreyada yadroviy qurolning joylashtirilishi esa AQSh uchun salbiy oqibatlarga aylanishi mumkinligidan ogohlantirdi. 

"Men bu yaxshi g‘oya deb o‘ylamayman. Fikrimcha, bu Pxenyanni yanada g‘azablantiradi", deb aytgan NATOning Yevropadagi birlashgan qurolli kuchlarining sobiq oliy bosh qo‘mondoni Jyeyms Stavridis.

Mavzuga oid