Jahon | 15:33 / 08.04.2017
7067
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy va AQSh Koreya yarim oroli muammosini birgalikda hal etishga kelishib oldi

Foto: Reuters

XXR raisi Si Tszinpin va AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yadro-raketa muammosi yuzasidan anglashuvga erishishdi. Ular ushbu yo‘nalish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni faollashtirish niyatidalar. Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I shunday bayonot berdi.

"Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat yetakchilari Xitoy-Amerika hamkorligining yo‘nalishi va aniq rejalarni belgilab olishdi. Xitoy AQSh bilan birga choralar ko‘rishdan manfaatdor.  Muzokaralar bo‘lib o‘tgan muhitga muvofiq hamda erishilgan o‘zaro tushunishga ko‘ra, XXR va AQSh oliy darajadagi o‘zaro foydali muloqotni davom ettiradi, - degan Xitoy bosh diplomati. – Tomonlar Koreya yarim orolini yadrodan xoli qilishga urinishlarini va bu masalada aloqalarni hamda faaol muloqotni saqlab qolishga tayyorliklarini izhor qilishdi".

Shu bilan birga, Van Ining qayd etishicha, Si Tszinpin amerikalik hamkasbi bilan uchrashuvda AQShning THAAD ko‘chma RQM majmualarini Koreya respublikasida joylashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini bildirgan.
 
"Pekin bu muammoning yechimi borasida "ikki tomonlama barham berish" g‘oyasini ilgari suradi. Unga ko‘ra, Pxenyan o‘z raketa-yadro dasturini muzlatadi, Vashington Shimoliy Koreya chegaralari yaqinida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishga chek qo‘yadi. Shundan so‘ng, AQSh bilan olib boriladigan muzokaralarda olg‘a siljishga erishiladi", - deb ta'kidlagan xitoy TIV rahbari. 

Bundan tashqari, Van Iga ko‘ra, Donald Tramp 2017 yil mobaynida Xitoyga tashrif buyuradi. Tramp ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida joriy yilda Xitoyga tashrif buyurishiga tayyorligini bildirgan. 

Mavzuga oid