Sport | 13:17 / 08.04.2017
26309
1 daqiqa o‘qiladi

«Qirol Kubogi». Isroil Madrimov oltin, Elnur Abduraimov kumush medalni qo‘lga kiritdi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha «Qirol Kubogi» musobaqasi yakuniga yetdi.

7 nafar bokschi bilan ishtirok etgan hamyurtlarimizning to‘rt nafari — Hasanboy Do‘smatov, Elnur Abduraimov, Shahram G‘iyosov va Isroil Madrimov finalga qadar yetib kelishgandi.

Elnur Abduraimov final bahsida tailandlik mezbon bokschi Vuttichay Masukka qarshi ringga ko‘tarildi va imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

75kg.gacha vaznda ringga ko‘tarilgan Isroil Madrimov kubalik Osley Iglesias Estradani mag‘lubiyatga uchratib oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Hasanboy Do‘smatov va Shahram G‘iyosov murabbiylarning qaroriga ko‘ra final jangida ringga chiqmasligi xabar qilingandi. Qolgan ikki bokschi oltin medal uchun jang o‘tkazishdi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid