Jahon | 14:05 / 08.04.2017
9246
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Shvetsiyada odamlarni bosib ketgan yuk mashinasidan qo‘lbola bomba topildi

Stokholmning markaziy ko‘chasida odamlarni bosib ketgan yuk mashinasi bortida portlovchi qurilma borligi aniqlandi. Bu haqda mamlakat politsiyasiga asoslangan holda SVT telekanali xabar qilmoqda.

7 aprel kuni Spendrups kompaniyasiga tegishli yuk mashinasi o‘g‘irlab ketilgan, so‘ngra u shahar markazidagi Drottninggatan ko‘chasida odamlarni bosib ketib, 550 metrga harakatni davom ettirgan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, mashina 15 kishi jabrlangan, ularning 9 nafarini ahvoli og‘irligi aytilmoqda. 4 kishi halok bo‘ldi. Ayni vaqtda, ehtimoliy qo‘poruvchilik bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Mazkur hujumda O‘zbekiston fuqarosi gumon qilinayotgani haqida avval xabar qilingan edi. 

Qayd etilishicha, 39 yoshli gumon qilinib qo‘lga olingan shaxs yonidan O‘zbekiston pasporti chiqqan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid