Jahon | 23:19 / 08.04.2017
25603
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya AQShning Suriyaga bergan zarbasini "kechirib bo‘lmas" deb atadi

Shimoliy Koreya AQSh qurol-kuchlarining Suriyadagi Shayrat harbiy aviabazasiga raketa zarbasini "kechirib bo‘lmas tajovuzkor xatti-harakat" hisoblanadi, deb aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bergan.   

Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi fikricha, Shimoliy Koreyada yadroviy qurolning ishlab chiqilishi "bu zarbadan million chandon to‘g‘riroq bo‘lardi". 

Shimoliy Koreya shu tariqa AQSh zarbasiga ilk rasmiy munosabatini bildirdi. 

Shimoliy Koreya uzoq vaqtdan beri Suriyani o‘zining muhim hamkorlaridan biri deb hisoblab keladi. 

7 aprelga o‘tar kechasi AQSh Suriyadagi Shayrat aviabazasiga 59 ta qanotli raketa bilan zarba bergan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid