O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi kompleksining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta'lim va ilm-fan, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi sohalarining 2017 yilning birinchi choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va iqtisodiy islohotlarning bajarilishiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar qiladi.
Joriy yilning birinchi choragida kompleks bo‘yicha jami 1 trillion 637 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi va xizmatlar ko‘rsatildi. 2016 yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur'ati 118 foizni tashkil etdi.
Kompleks sohalarida 30 million 800 ming dollarlik xizmatlar va mahsulotlar eksport qilindi. 59 million 300 ming dollarga teng investitsiyalar jalb qilindi va reja ko‘rsatkichi 175 foizga bajarildi.
Yig‘ilishda umumta'lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, oliy ta'lim muassasalarida o‘qitish sifatini tubdan oshirish, zamonaviy o‘quv rejalari va metodlarini joriy etish, o‘quvchilarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va jahon sivilizatsiyasi tarixi, xorijiy tillar hamda zamonaviy kompyuter dasturlarini chuqur o‘rgatish, ta'lim muassasalaridagi pedagoglar va professor-o‘qituvchilar tarkibini yetarli pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lgan, kasbiy tayyorlangan mutaxassislar bilan to‘ldirish, ularning malakasini oshirish borasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta'minlash, har tomonlama yetuk, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan davlat siyosatini izchil amalga oshirish, joylarda uyushmagan yoshlarning qiziqish va ehtiyojlarini muntazam o‘rganib borgan holda ularni foydali mehnatga jalb etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarurligi alohida ta'kidlandi.
Kompleks yig‘ilishida, shuningdek, muzeylar faoliyatini takomillashtirish, kinematografiya obektlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini izchil rivojlantirish, interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari hamda aholi duch kelayotgan byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish, ularni axborot bilan ta'minlash tizimini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tahliliy maqolalar, ko‘rsatuvlar va eshittirishlarni bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, xorijiy davlatlarda keng targ‘ib qilish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni kuchaytirish masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi.
Mavzuga oid
21:49
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:36 / 24.10.2024
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatildi va Migratsiya agentligi tashkil etildi
18:22 / 24.10.2024
«O‘zagroinspeksiya» hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi
21:21 / 17.10.2024