Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oltinko‘l tumanida uyushmagan yoshlar uchun “Tadbirkorlikka ilk qadam” ko‘rgazmali tadbir o‘tkazildi
Andijon viloyati Oltinko‘l tumani Suvyulduz qishlog‘idagi Islomobod mahallasida uyushmagan aholi bilan ishlashda davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
19-umumta'lim maktabida tashkil etilgan seminarda tumandagi tijorat banklari bo‘limlari, agrofirmalar, bandlikka ko‘maklashish va yagona darcha markazlari, tibbiyot, sog‘liqni saqlash bo‘limlari rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda hududdagi ishsiz yoshlar ishtirok etdilar. To‘plangan tajribani ommalashtirish uchun shahar va tuman hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari taklif etildi.
Tadbir ishtirokchilarini tuman hokimi Baxtimurod Karimov qutlab, mavzu doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi. Bandlikni ta'minlashga aloqador tashkilotlar mutaxassislari har bir xonadonda tadbirkorlikni rivojlantirish, issiqxonalar tashkil etish, parrandachilikni yo‘lga qo‘yish masalalarida tushuntirish va maslahatlar berdilar. 120 nafar ishsiz yoshlar bilan birma-bir suhbatlashildi. Kasbiy ko‘nikmalari, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib tegishli yordam ko‘rsatildi.
Garchi 120 nafar yoshning barchasi birdan ishli bo‘lmagan bo‘lsa-da, ularning ko‘nglida tadbirkorlik qilish, mamlakat Prezidenti tashabbusi bilan boshlangan umumxalq harakatida o‘zining munosib o‘rnini topish maqsadi paydo bo‘ldi.
Tadbir doirasida sport musobaqalari, badiiy chiqishlar, tibbiy ko‘rik, turli ko‘rgazmalar tashkil etildi. Uning avvalida esa mahalladagi 6 nafar yoshga O‘zbekiston fuqarosi pasporti, shuningdek, turli musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab o‘quvchilariga diplomlar tantanali ravishda topshirildi.



Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
16:27 / 26.06.2026
Andijonda suv va oqova suv tizimlarining rekonstruksiyasi boshlandi
08:21 / 25.06.2026
Andijonda 1980-yillarda qurilgan magistral suv tarmog‘i yangilanadi
22:54 / 24.06.2026
Odamlar turmushini yaxshilashga qaratilgan o‘zgarishlar o‘n yillab cho‘zilmasligi kerak - Saida Mirziyoyeva
11:00 / 22.06.2026