Rio-de-janeyroliklar ilk bor rus tilidan "Total diktant" yozishdi
Braziliyaning Rio-de-Janeyro aholisi 8 aprelda "Total diktant" xalqaro ta'lim aksiyasida ishtirok etishdi. O‘zining rus tilidan savodxonligini tekshirishni istaganlar orasida bu shaharda yashovchi rusiyzabon diaspora vakillari hamda mahalliy universitetlarning rus tilidan tahsil oluvchi talabalari bo‘ldi. Diktant yozish jarayoni Rossiyaning Rio-de-Janeyrodagi bosh konsulligi binosida o‘tdi.
Rio-de-Janeyrodagi rus madaniyati uyushmasi asoschisi va bu shahardagi "Total diktant"ning bosh tashkilotchisi bo‘lgan Yelena Serebryakova ushbu aksiya Rioda ilk bor o‘tkazilganini ma'lum qilgan.
"Total diktant"ga qo‘shilgan Braziliyadagi ilk shahar San-Paulu bo‘lgandi. Serebryakovaning aytishicha, Braziliyaning eng yirik shahrida bu aksiya o‘tgan yili o‘tgan va unda bor-yo‘g‘i uch odam ishtirok etgan.
"Men bu aksiya haqida bir necha yildan beri bilaman, chunki mening dugonam Moskvada uchinchi yil "diktator"lik (diktant tashkilotchisi) qiladi. Men har doim bu aksiyada ishtirok etishni istardim, biroq Rio-de-Janeyroda bunday imkoniyat bo‘lmagandi. Faqatgina o‘tgan yil San-Pauluda birinchi marta "Total diktant" bo‘lib o‘tdi va menda bir oz hasad hissi ham paydo bo‘ldi: nima uchun ular qiladilar, biz esa yo‘q?", deb aytmoqda Serebryakova.
Ayolning aytishicha, u bu aksiyani Rioda o‘tkazishga ahd qilib, buning uchun blankalar chop etilgan, bannerlar, ruchkalar sotib olingan, reklama kampaniyasi o‘tkazilgan. Diktant tashkilotchisining aytishicha, joriy yilda rus tilidan diktant yozishda Rioda 8 kishi, San-Pauluda esa 9 kishi, jami 17 kishi ishtirok etdi.
Mavzuga oid
14:22 / 15.01.2024
Rio-de-Janeyroda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi
21:30 / 06.05.2021
Rio-de-Janeyroda sodir bo‘lgan otishmada 23 kishi halok bo‘ldi
12:25 / 01.11.2019
Tokio olimpiadasiga jami 135ta yo‘llanma qo‘lga kiritish rejalashtirilgan - MOQ
00:43 / 06.07.2019