Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armanistonda parlament saylovlari natijalari sarhisob qilindi
Armaniston markaziy saylov komissiyasi 2017 yil 2 aprelda Milliy assambleyaga bo‘lib o‘tgan saylov natijalariga 9 aprel kuni yakun yasadi. Armanistonning bir palatali parlamentiga 4 ta siyosiy kuch o‘tdi, bular: 49 foiz ovoz yiqqan Armanistonning yetakchi Respublika partiyasi hamda "Tsarukyan", "Yelk" va "Dashnaktsutyun" bloklari.
"Qonunga ko‘ra, markaziy saylov komissiyasi Milliy kengashga o‘tgan saylovlarning 7-kuniga ovoz berish natijalari haqidagi dalolatnomani tuzdi", deb ma'lum qildi komissiya rahbari Tigran Mukuchyan.
Qolgan blok va partiyalar parlamentga o‘tish uchun zarur bo‘lgan foizlarni to‘play olmagan (partiyalar uchun 5 foiz, bloklar uchun 7 foiz).
Ushbu saylovlar Armaniston konstitutsiyasiga tuzatishlar qabul qilingandan keyin birinchisi bo‘ldi. Tuzatishlarda mamlakatning parlament boshqaruvi shakliga o‘tishi ko‘zda tutilgandi.
Mavzuga oid
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
16:23 / 11.06.2026