Deputat tashabbusi bilan qamashilik maktab o‘quvchilari uchun transport qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi a'zolari Jamshid Pirmatov va Abdug‘ani Umirovlarning Qamashi tumani aholisi bilan o‘tkazgan ochiq muloqotlari g‘oyatda samarali bo‘ldi, deb xabar bermoqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.
Gulshan mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Xo‘ja qishlog‘i aholisi bilan yuzma-yuz muloqotda ham fuqarolardan tushgan 20 dan ortiq savollarga deputatlarimiz tegishlicha tushuntirish berdilar. Xonadonlarda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda esa ba'zida noxush holatga ham duch kelindi.
—1-guruh nogironiman, — dedi Sherzod Do‘stmurodov. — Oxirgi ikki yil davomida uyimga salomatlik posbonlari “Ahvoling qanday” deb qadam ranjida qilishgani yo‘q. Tibbiy xizmatga muhtoj bo‘lsamda, ammo menga tibbiy xizmat ko‘rsatish uyoqda tursin, hatto holimdan xabar ham olishmadi.
Shu kuni “Adolat” SDP fraksiyasi a'zolari bu muammoni tuman hokimi bilan birgalikda joyida o‘rganib chiqib, hal etishdi. Sog‘liqni saqlash mutasaddilariga bunday holatlar qayta takrorlanmasligi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Muloqot davomida deputatlar sa'i-harakati bilan 16-maktabgacha ta'lim muassasasini ta'mirlash uchun tuman moliya bo‘limi tomonidan 30 million so‘m mablag‘ ajratilishi rejaga kiritildi. Shuningdek, 44-maktab o‘qituvchilari va ota-onalarning shikoyatlari asosida ta'lim maskani deputatlarimiz tomonidan o‘rganilganda, haqiqatdan ham binoning tomidan chakki o‘tayotgani aniqlandi. Ushbu masalaga tegishli tashkilotlar mutasaddilari jalb qilinib, ta'mirlash uchun 60 million so‘m mablag‘ tuman moliya bo‘limi tomonidan ajratilishi ta'minlanadigan bo‘ldi. Shu yerda ilm maskanida ta'lim–tarbiya olayotgan o‘quvchilarning ota-onalaridan tushgan yana bir talab deputatlarimiz ishtirokida o‘z yechimini topdi. Uzoq masofadan qatnab o‘qiydigan o‘quvchilar uchun transport qatnovi yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi. 15-maktabdagi ishlamasdan turgan transformator muammosi ham hal etildi.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschidan ustun keldi
Sport | 10:48
-
Makron Falastinni tan olishni «ma’naviy burch» deb atadi
Jahon | 10:47
-
4 ta shaharda joylashgan 1034 ta ko‘p qavatli uy rekonstruksiya qilinadi
O‘zbekiston | 10:43
-
Rossiya Mudofaa vazirligi bir haftada 13 ta aholi punkti nazoratga olinganini ma’lum qildi
Jahon | 10:41
Mavzuga oid

11:51 / 29.05.2025
“Hali suv neftdan qimmat bo‘ladi” – tahlilchilar Markaziy Osiyo kelajagini prognoz qilmoqda

14:01 / 24.05.2025
O‘zbekistonda bolalar sayyohlik dasturi doirasida 1 mln o‘quvchi mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi mumkin

15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi

18:43 / 16.05.2025