«Real» va «Barselona» bir futbolchi uchun kurashmoqda
«Barselona» Madridning «Atletiko» klubiga tegishli bo‘lgan, «Alaves»da ijara asosida to‘p surayotgan himoyachi Teo Ernandes uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda As nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, 19 yoshli fransuz himoyachisi «Real» bilan og‘zaki kelishuvga erishib bo‘lgan. Mavsum yakunida madridliklar futbolchi uchun tovon puli 24 million yevroni to‘lashga tayyor bo‘lib turishibdi.
Kelishuvga ko‘ra, Ernandes «Real» bilan besh yillik shartnoma imzolashi kerak va bu davrda u 35 million yevro maosh oladi: 2017/18 va 2018/19 yillarda futbolchining yillik maoshi 6 million yevroni tashkil qiladi, 2019/20 yilgi mavsumda – 7, 2020/21 yilgi mavsumda – 8 va 2021/22 yilgi mavsumda – 9 million yevro.
«Barselona» ham futbol xuddi shunga o‘xshash shartnoma taklif qilgan, biroq ularning maoshi «Real» taklif qilgan mablag‘dan biroz kam ekani aytilmoqda.
Bundan tashqari Teoning agenti, «Real» sobiq bosh murabbiyi Rafaelya Benitesning ham mijozi sanalgan Manuel Garsiya Kilon futbolchining Kataloniya klubiga o‘tishini istamoqda. Shuningdek «Atletiko»da ham Ernandesning «Real»ga o‘tishi yaxshi qabul qilinmasligi kutilmoqda.
Agar Teo Ernandes «Barselona»ga o‘tadigan bo‘lsa, jamoa boshqa bir futbolchisi Jordi Albani sotuvga qo‘yishi mumkin.
Ma'lumot uchun Teo Ernandes Ispaniya chempionatining ortda qolgan 26 uchrashuvida ishtirok etib, 4 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Mavzuga oid
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
12:52 / 27.10.2024
«Barsa» «Real»ni yakson etdi, Holandni to‘xtatib bo‘lmayapti. Kun o‘yinlari
12:39 / 24.10.2024
«Barsa» qasos oldi, Holanddan kosmik gol. YeChLda kun o‘yinlari
13:56 / 21.10.2024