Jamiyat | 19:05 / 10.04.2017
5613
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda “Turkman kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 11-13 aprel kunlari Toshkent shahrida “Turkman kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkmaniston Respublikasi Davlat tashrifi mobaynida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish to‘g‘risida” 2017 yil 28 martdagi 4882-F-son Farmoyishi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Turkmaniston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2017-2019 yillarda madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik Dasturi”ga asosan tashkil etilmoqda.

11 aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida soat 18:00da “Turkman kinosi kunlari”ning tantanali ochilishi marosimi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbirlarda turkmanistonlik kinoijodkorlardan iborat delegatsiyaning ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid