Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrikada 20 milliondan ortiq kishi ochlikdan o‘lish xavfi yoqasida
Afrika mamlakatlarida 20 milliondan ortiq kishi ochlikdan halok bo‘lishi mumkin. Bu haqda BMTning gumanitar harakatlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi matbuot kotibi Yyens Layerk o‘tkazilgan brifing chog‘ida aytib o‘tgan.
U bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Nigeriyaning shimoli-sharqi, Janubiy Sudan, Somali va Yamanda 20 mln.dan ziyod kishi och qolmoqda yoki shu xavf yoqasida turibdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur mamlakatlardagi fojianing oldini olishga joriy yilning o‘zida 4,4 milliard dollar mablag‘ talab etiladi.
Matbuot kotibining ta'kidlashicha, butun jahon bo‘ylab ochlik xavf solayotgan 100 million kishiga yordam berish uchun 22,8 milliard dollar kerak, BMT esa mazkur mablag‘ning bor-yo‘g‘i 2,7 milliardini to‘play olgan xolos.
Mavzuga oid
23:35 / 17.06.2026
“Qora qit’a”ni qutqarmoqchi bo‘lgan Rayan - afrikaliklar uchun quduq qazib bergan 6 yoshli bola
08:35 / 12.06.2026
Transakva: Afrika xaritasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan megaloyiha
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:43 / 11.06.2026