Jahon | 11:47 / 11.04.2017
23272
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh KXDRga hujum qiladimi? Janubiy Koreya o‘z pozitsiyasini bildirdi

AQSh KXDRga qarshi harbiy harakatlarni Janubiy Koreya bilan “qalin hamkorlik”siz amalga oshirmaydi. Bu haqda Janubiy Koreya mudofaa vazirligi rasmiy vakili Mun San Gyun seshanba kuni ma'lum qildi.

"(Agarda bunday amaliyot o‘tkazilsa), bu Janubiy Koreya va AQShning qalin hamkorlik asosidagi qo‘shma mudofaasi doirasida bo‘lib o‘tadi", - deya aytib o‘tgan amaldor.

Uning aniqlik kiritishicha, Seul hamda Vashingtonning “qalin o‘zaro muvofiqligi” va “alyans ruhi” bu masala bo‘yicha “avvaldan maslahatlashish”ni nazarda tutgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh o‘tgan haftada Suriyada joylashgan aviabazaga raketa zarbasi berdi. Bu Qo‘shma Shtatlarning Shimoliy Koreyaga ogohlantiruvchi zarba berishi borasida gap-so‘zlar tarqalishiga olib keldi. Yakshanba kuni esa AQSh “Karl Vinson” avatashuvchisi bo‘lgan aviaguruhni Koreya yarim oroliga yo‘llagani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Yakshanba kuni AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Gerbert Makmaster Pxenyanda yadro quroli bo‘lishi “nomaqbul” ekanini ta'kidlab o‘tdi. U shuningdek, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp harbiylardan “bu tahdidni yo‘q qilish uchun barcha imkoniyatlar majmuini taklif etish” uchun tayyor turishni so‘raganini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid