Jamiyat | 19:41 / 11.04.2017
4621
1 daqiqa o‘qiladi

BAAning 5 fuqarosi ko‘cha poygalari uchun jazo sifatida ko‘cha supuruvchi bo‘lib ishlab beradi

Dubay sudi BAAning 5 nafar fuqarosini va Fors ko‘rfazi davlatidan bo‘lgan yana bir kishini yo‘llarda sport mashinalarida poyga uyushtirganliklari uchun jamoat ishlarini bajarish bilan jazoladi. Bu haqda BAA bosh prokuraturasi bergan xabarda ma'lum qilindi.   

"Yo‘l harakati qoidabuzarlari yo‘llardagi mas'uliyatsiz xatti-harakatlari uchun jamiyatga foyda keltirish bilan jazolanishlari kerak", deb aytilgan xabarda.

Poyga mashinalari va katta tezliklar ishqivozlari jazo sifatida ko‘cha supurish va AYoQShda mashinalarga yoqilg‘i quyish kabi, BAAda eng "qora" ish hisoblanuvchi ishlarni bajaradilar. Ularga berilgan jazo muddati 1 oydan 3 oygacha  davom etadi. Eng katta jazo muddatini esa mashinasini bolalar maydonchasi yonida "uchirgan" haydovchi oldi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid