Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzax shahridagi Xalqlar do‘stligi shoh ko‘chasiga Islom Karimov nomi berildi
Jizzax shahridagi “Xalqlar do‘stligi” shoh ko‘chasi endi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi bilan ataladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi geodeziya va kartografiya milliy markazi qoshidagi ekspert komissiyasi bergan xulosada ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 25 yanvar kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko‘chalarga (mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida) Islom Karimov nomini berish belgilab qo‘yilgan edi.
Mavzuga oid
18:15 / 29.06.2026
Karimovga haykal o‘rnatgan bo‘lardim, uning yopiq siyosati qirg‘iz va qozoqlarga imkoniyat yaratdi - Asqar Akayev
08:55 / 19.06.2026
Abdulla Qodiriy ko‘chasida haydovchilar uchun yangi qayrilish joyi tashkil etildi
13:52 / 11.06.2026
Jizzaxda attraksion halokati: 4 kishi jarohatlandi
12:29 / 06.06.2026