Jahon | 17:14 / 12.04.2017
5788
1 daqiqa o‘qiladi

Bishkekda KXShT yetakchilari norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

14 aprel kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston davlatlari yetakchilari bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov xabar bermoqda, deb yozmoqda rus OAV.

Uning qo‘shimcha, qilishicha, 15 aprel kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT)ga 25 yil to‘ladi, shuning uchun Vladimir Putin “Mir” teleradiokompaniyasiga intervyu beradi.

KXShT a'zo-davlatlari hududiy yaxlitligi, mustaqilligi va suverenitetini kollektiv asosda himoya qilish, shuningdek mintaqaviy va jahon xavfsizligini mustahkamlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid