09:08 / 12.04.2017
5542

Yevropa Ittifoqi davlatlari Brexit bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdilar

Foto: RIA

Yevropa Ittifoqining 27 ta davlati yuqori lavozimdagi mansabdor shaxslari Yevrokengash raisi Donald Tuskning Brexit bo‘yicha tavsiyalar loyihasida aytilgan asosiy bandlar bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga keldilar. Bu haqda "Frans Press" axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinishicha, 11 aprelda o‘tgan uchrashuvda amaldorlar Buyuk Britaniya bosh vaziri  Tereza Mey Brexit boshlanishini e'lon qilgandan keyin yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilishgan.  

"Muzokaralar loyihaning barcha asosiy tashkil etuvchilari bo‘yicha hamfikrlik va yakdillik borligini ko‘rsatdi", deb aytdi noma'lum bo‘lib qolishni istagan manba.

Buyuk Britaniya 29 mart kuni Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqish jarayonini boshladi. Bundan keyin Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk 48 soat ichida Brexit bo‘yicha tavsiyalar loyihasini taqdim qilishi kerak edi. So‘ngra YeIning muzokaralar pozitsiyasini ishlab chiqish uchun 2 oylik jarayon belgilanadi. Ushbu muddatning oxiriga YeIning Brexit bo‘yicha bosh muzokarachisi Mishel Barne ittifoqda qolgan 27 ta davlatdan muzokaralar uchun batafsil mandat oladi. Qoidalarga ko‘ra, Buyuk Britaniya YeIni 2019 yil 29 martda, ya'ni Brexit boshlangandan roppa-rosa 2 yil o‘tgach tark etishi lozim.

Mavzuga oid
Top