Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kameralar qayd qilgan qoidabuzarliklarni internetda bilish mumkin bo‘ladi
Toshkent shahridagi chorrahalarga o‘rnatilgan kameralar qayd qilgan qoidabuzarliklarni internet orqali bilib olish imkoni paydo bo‘lishi haqida avval xabar berilgan edi. Bu imkoniyat 20 apreldan keyin, ammo 1 maydan kechiktirmasdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida taqdim etiladi. Bu haqda eGov – “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi axborot resurslarini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Aziz Azimov ma'lum qildi.
Uning aytishicha, portalda maxsus bo‘lim ochiladi. Birinchi bosqichda portal foydalanuvchilari shaxsiy kabinetlari orqali o‘zining qoidabuzgani yoki yo‘qligini, vaqtini, jarima summasini va qaror raqamini bilib olishlari mumkin bo‘ladi. Keyingi bosqichda bu xizmat takomillashtirib boriladi. Xususan, qoida buzilishiga doir suratlarni ko‘rish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, foydalanuvchi bo‘limda mobil xabarnoma xizmatini yoqsa, unga SMS xabarnoma yuboriladi.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
16:28 / 13.06.2026