Ma’lumotlarga köra, hisobot davrida eng köp qayd etilgan qoidabuzarliklar xavfsizlik kamarini taqmasdan transport vositasini boşqariş, haydovçilik vaqtida mobil telefondan foydalaniş, harakatlaniş jarayonida video tomoşa qiliş, belgilangan tezlikni oşiriş, töxtaş va töxtab turiş qoidalarini buziş hamda yöl harakati qoidalari talablariga rioya etmaslik bilan boğliq bölgan.
Şuningdek, piyodalar tomonidan yölning qatnov qismini belgilanmagan joydan kesib ötiş holatlari ham eng köp uçragan qoidabuzarliklar qatoriga kiritilgan.
Yöl harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qilişiça, hozirga qadar 671 nafar haydovçi 12 balldan ortiq jarima balli töplagan. Amaldagi qonunçilikka muvofiq, bunday hollarda ularga nisbatan belgilangan tartibda javobgarlik çoralari qöllanadi.
YHXB haydovçilar va piyodalarni yöl harakati qoidalariga qat’iy rioya qilişga çaqirib, bu yöl-transport hodisalarining oldini oliş va barça harakat iştirokçilarining xavfsizligini ta’minlaşda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

















