Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qorasuv shahrida ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashga doir tadbir o‘tkazildi
Andijon viloyatining shaharlar va tumanlardagi chegaradosh bo‘lgan mahalla fuqarolari yig‘inlarida istiqomat qilib kelayotgan aholi va yoshlarning huquqiy madaniyatini yanada oshirish, mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni barqarorlashtirish bo‘yicha tuzilgan alohida rejaga asosan, Izboskan, Xo‘jaobod, Jalolquduq, Marhamat, Buloqboshi, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod tumanlari, Xonobod, Qorasuv shaharlarida bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.


Ana shunday tadbirlardan biri bugun, 13 aprel kuni Qorasuv shahrida bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimining o‘rinbosari Sh. Tursunov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sh. Sobirov boshchiligidagi tuman hokimi va ichki ishlar xodimlaridan iborat guruh Qorasuv shahridagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, notinch xonadon oilalarida bo‘lib ularning mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy yordam berdi. Suhbatlar davomida, ayni paytda ishsiz yurgan fuqarolarning 10 nafari ish bilan ta'minlanib, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun kredit mablag‘larini olish bo‘yicha murojaat qilgan kishilar muammolari hal qilindi.

Tadbir davomida nuroniy oila boshliqlari yoshlari saksondan oshgan Abdulaziz ota Azizov va uning umr yo‘ldoshi Dilnozaxon onalarga fuqarolik pasportlari xonadonlariga borib tantanali topshirildi.

Shahardagi musiqa va san'at maktabida aholi va yoshlar bilan o‘tkazilgan muloqotda viloyat hokimining o‘rinbosari Sh. Tursunov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sh. Sobirov, viloyat bosh imom xatibi N. Holiqnazarovlar ishtirok etib, yig‘ilganlarga yoshlarni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, ayollar va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, o‘z joniga qasd qilish hamda fuqarolarni chet davlatlarga noqonuniy chiqib ketishining oldini olish haqida so‘z yuritishdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirib kelayotgan savollarga javob olishdi.
Mavzuga oid
16:27 / 26.06.2026
Andijonda suv va oqova suv tizimlarining rekonstruksiyasi boshlandi
08:21 / 25.06.2026
Andijonda 1980-yillarda qurilgan magistral suv tarmog‘i yangilanadi
22:54 / 24.06.2026
Odamlar turmushini yaxshilashga qaratilgan o‘zgarishlar o‘n yillab cho‘zilmasligi kerak - Saida Mirziyoyeva
11:00 / 22.06.2026