Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Millionlab yamanlik bolalarning ta'lim olishi xavf ostida turibdi
Yamanda 4 mln dan ko‘proq bola ta'lim olish imkonidan mahrum bo‘lishi mumkin, deb aytdi Sanodagi matbuot-anjumanda YUNISEFning Yamandagi vakili o‘rinbosari Meritksell Relano.
Uning aytishicha, Yamanning 22 ta viloyatidan 13 tasida, jumladan Sano, Taiz, Xudaydo, Ibb, Amran, Jauf va Xadjada o‘qituvchilarga 2016 yil oktabrdan maosh to‘lanmayapti. "166 443 o‘qituvchi (mamlakatdagi pedagoglarning 73 foizi) maosh olmasdan ishlamoqda", deb aytdi Relano.
Bundan tashqari, 13 146 ta (mamlakatdagi 78 foiz) maktab binosiga shikast yetgan. "Bu maktablarda kamida 4,5 mln bola ta'lim oladi", deb qo‘shimcha qildi Relano.
Mavzuga oid
22:49 / 30.05.2026
“Armiya himoyasidagi” pedagoglar va kichik biznes uchun soliq islohoti - hafta dayjesti
16:49 / 30.05.2026
“Bolaga hatto ota-onaning kuchi yetmayapti” - maktablardagi intizom haqida suhbat
17:31 / 26.05.2026
O‘quvchini urgan o‘qituvchi voqeasiga rasmiy baho berildi
15:32 / 25.05.2026