Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkda ilk musulmon sudya bo‘lgan ayolning jasadi Gudzon daryosidan topildi
Nyu-York apellyatsion sudida ilk musulmon ayol sudya bo‘lgan Sheyla Abdas-Salom Gudzon daryosida jonsiz holda topildi. Bu haqda CNN telekanali xabar tarqatdi.
Xabarda aytilishicha, tungi vaqtda politsiyaga daryoda noma'lum ayol jasadi suzib yurgani haqida ma'lumot kelib tushgan.
Shahar politsiyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, sud-tibbiyot ekspertlari uning o‘limi sababini aniqlashga kirishgan, politsiya esa tekshiruv boshlagan.
Marhumning turmush o‘rtog‘i o‘z rafiqasi 12 aprel kuni yo‘qolib qolgani haqida aytib bergan.
65 yoshda bo‘lgan Abdus-Salom xonim 2013 yilda shtat apellyatsiya sudi sudyasiga aylangan ilk afroamerikalik bo‘lgandi.

Mavzuga oid
08:06 / 13.05.2026
Nyu-Yorkdan Londonga 3,5 soatda: yangi aviatsiya davri boshlanmoqda
12:21 / 01.01.2026
Zohran Mamdani – Nyu-Yorkning ilk musulmon meri Qur’on bilan qasamyod qildi
17:49 / 13.09.2025
Tramp Nyu-Yorkda Qatar bosh vaziri bilan tushlik qildi
21:33 / 28.05.2025