18:06 / 14.04.2017
25160

Putin va Medvedev o‘tgan yilda qancha mablag‘ ishlab topgani ma'lum

Rossiya prezidenti ma'muriyati va vazirlar 2016 yildagi daromadlar haqida ma'lumotnomani taqdim etishdi. Ularga tegishli deklaratsiya Kreml va Rossiya vazirlar mahkamasi saytlarida e'lon qilingan.

Davlat rahbari Vladimir Putin o‘tgan yili 8,858 million rubl ishlab topdi, 2015 yilda esa bu son 8,891 million rublga teng bo‘lgandi. Unga maydoni 77 va 153 kvadrat metr bo‘lgan ikki xonadon, 15 sotixli yer maydoni, garaj, garaj uchun joy, shuningdek GAZ M-21, GAZ M-21-R, "Niva" avtomobillari va “Skif” avtomobil tirkamasi tegishli.

Prezident ma'muriyatida 2016 yilda eng ko‘p mablag‘ni ma'muriyat rahbari birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko ishlab topgan - 85,487 million rubl. Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa 12,8 million rubl, uning turmush o‘rtog‘i, figurali uchish ustasi Tatyana Navka esa 120,8 million rubl ishlab topdi.

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev o‘tgan yilda 8,58 million rubl ishlab topgani haqidagi ma'lumotnomani taqdim etgan. Mamlakat hukumati rahbari 47 sotixli yer maydonini ijaraga olmoqda, o‘ziga esa 367,8 kvadrat metr bo‘lgan xonadon, shuningdek GAZ-20 va GAZ-21 avtomobillari tegishli.

Hukumat rahbari rafiqasi o‘tgan yili xuddi avvalgi yillardagidek hech nima ishlab topmagan. Unga Volkswagen Golf mashinasi tegishli bo‘lib, 367,8 kvadrat metrga teng xonadondan foydalanadi.

Rossiya vazirlar mahkamasi boshqa a'zolari ichida eng ko‘p mablag‘ni Shimoliy Kavkaz ishlari bo‘yicha vazir Lev Kuznetsov ishlab topdi - 582 million rubl

Mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa eng kam pul ishlab topganlardan biri bo‘ldi - 7,6 million rubl.

Top