Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov qabrini ziyorat qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifini Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Islom Karimov ruhiga Qur'on tilovat qilindi.
Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq bu borada izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi barpo etilmoqda.

Loyihaga ko‘ra, maqbara granit va marmar bilan qoplanadi, naqshlar bilan bezatiladi, Qur'on oyatlari bitiladi. Ziyoratchilar uchun ayvon, keksalar uchun liftlar bunyod etiladi.
Davlat rahbari ushbu maqbara loyihasi bilan tanishdi. Uni yanada takomillashtirish, ziyoratchilar uchun qulayliklarni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Zinalarni pasaytirish, majmua atrofini kengaytirish va obodonlashtirish, zamonaviy tungi yoritish tizimi bilan ta'minlash zarurligini ta'kidladi.
Islom Karimov mustaqilligimizga, xalqimizning farovon hayotiga asos solgan, ma'naviyatimizni tiklagan buyuk inson edi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Majmuada Birinchi Prezidentimizning buyukligi, pok iymon-e'tiqodi, sermazmun hayoti aks etishi kerak. Shu majmua timsolida Islom Karimovga bo‘lgan mehr-muhabbatimizni, milliy o‘zligimizni ko‘rsatishimiz zarur.
Davlat rahbari O‘zbekiston Birinchi Prezidenti maqbarasi Hazrati Xizr masjidi bilan uyg‘un bo‘lishi zarurligini ta'kidladi. Maqbaraga monand ziyoratchilar uchun baland ayvonlar bunyod etish, rasmiy delegatsiyalar uchun ham keng sharoit yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Mavzuga oid
11:35 / 06.09.2025
Karimov va Rahmon o‘rtasida sovuqchilik. Buning sabablari nima edi?
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
15:11 / 25.06.2025
“Karimov bankirlarni qo‘rqitish uchun kuch tuzilmalarini chaqirgan edi” - Rustam Ahmedov konvertatsiya yopilganidan keyingi korrupsiya haqida
17:39 / 22.03.2025