Jahon | 09:38 / 14.04.2017
33064
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya Trampning Asadni "hayvon" degan haqoratiga javob berdi

Foto: AP

Suriya tashqi ishlar vazirligi Bashar Asadni "hayvon" deb atagan AQSh prezidenti Donald Trampga javob qaytardi.    

"Agar o‘zingiz hayvon bo‘lsangiz, boshqalarni ham shunday deb o‘ylash kerakmas. Bashar Asad – suveren davlat prezidenti, u xalq tomondan saylangan. Unga ta'rifni Tramp emas, Suriya xalqi berishi kerak", deb aytdi Suriya tashqi ishlar vaziri yordamchisi Ayman Sussan.

Avvalroq Tramp Asadni "hayvon" deb atagandi va sobiq prezident Barak Obama davridayoq Suriyaga raketa zarbalari berish haqida qaror qabul qilinishi kerakligini ta'kidlab o‘tgandi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid