APLning 33-turida "Tottenhem" o‘z uyida "Bornmut" qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning yirik 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning birinchi bo‘limida Dembele hamda Son Xin Min gol kiritgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Keyn va Yanssen o‘z hisoblariga 1tadan gol yozib qo‘ydi.
Tottenhem – Bornmut 4:0
Gollar: 1:0 – 16 Dembele, 2:0 – 19 Son Xin Min, 3:0 – 48 Keyn, 4:0 – 90 Yanssen.
Tottenhem – Loris, Alderveyreld, Devis, Uoker, Vertongen, Eriksen (Yanssen, 87), Dembele, Dayyer, Alli (Sissoko, 84), Son Xin Min, Keyn (Vanyama, 79).
Bornmut – Boruts, Frensis, Deniels, Smit, Kuk, Uilsher (Kuk, 56), Arter, Pyu, Stanislas (Freyzer, 69), King, Afobe (Musse, 77).
Ogohlantirish: Freyzer (70).