Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiya sanksiyalar qo‘llanishi mumkinligiga qaramay qochqinlarni qabul qilishdan bosh tortmoqda
Foto: AP
Chexiya Yevropa Ittifoqi tomonidan unga qabul qilishi belgilab qo‘yilgan 1,6 ming qochqindan bor-yo‘g‘i 12 kishini qabul qildi. Chexiya Yevropa Ittifoqi tomonidan unga bir necha million yevrolik sanksiya solinishi mumkinligiga qaramasdan, qochqinlarning qolgan qismini qabul qilishni istamayapti. Bu haqda Chexiya ichki ishlar vaziri Milan Xovanets ma'lum qildi.
"Hozirda qolgan qochqinlarni tekshirish boshqa hech kimni qabul qilish mumkinmasligini ko‘rsatmoqda", deb aytgan Xovanets.
Uning aytishicha, Chexiya xavfsizlik xizmatlari tomonidan Italiya va Gretsiyadagi vaqtinchalik lagerlarda o‘tkazilayotgan tekshiruv bir necha oydan beri davom etmoqda va katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
"Bu odamlar (qochqinlar) tekshiruv vaqtida o‘z joyida, ya'ni Gretsiya va Italiyada qolishni istamayapti. Shu sababli biz tomondan tekshiruv yakunlandi", deb ta'kidlab o‘tdi Xovanets.
Vazir Chexiyaning bu qarori YeI tomondan unga nisbatan sanksiyalar qo‘llanishiga olib kelishi va bir necha million yevroga tushishi mumkinligini aytdi.
"Yakuniy qarorni hukumat qabul qiladi, u sanksiyalarga qaramay qochqinlarni qabul qilishni to‘xtatish kerak-kerakmasligini hal qilishi kerak. Menimcha, to‘xtatish kerak. Bu yerga odamlarni nazoratsiz kiritish kerakmas", deb aytdi Xovanets.
Mavzuga oid
16:47 / 23.01.2026
Kaya Kallas: “Jazosizlik bo‘lmasligi kerak” - YeI tribunalga 10 mln o‘tkazdi
08:33 / 23.01.2026
Grenlandiya bo‘yicha sammit: YeI rahbarlari o‘z birdamligini ta’kidladi
13:48 / 20.01.2026
Chexiya bosh vaziri: YeI Putin bilan muzokara olib borishi kerak edi
17:25 / 19.01.2026