Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sodiq Safoyev: So‘nggi oylarda tashqi siyosatda yillab qilinmagan ishlar amalga oshirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Toshkentdagi Xalqaro press-klub yig‘ilishidagi nutqida O‘zbekiston tashqi siyosatida kuzatilayotgan ikkita yangi trendni qayd qilib o‘tdi.
"Ko‘pincha "O‘zbekiston tashqi siyosatida yangi yondashuvlar qanday?" degan savol berishadi – bu faol va tashabbuskor mintaqaviy siyosat. Qo‘shnilar bilan munosabatlarning ustuvorlik xarakteri – bu diplomatiya alifbosidir. Bu har doim qilib kelingan, biroq har doim ham amalga oshmagan. Oxirgi oylarda har doim qilinishi kerak bo‘lgan narsa qilinmoqda. Qo‘shnilar bilan munosabatlar – "birinchi raqamli" ustuvor vazifa, eng o‘tkir masalalar bo‘yicha muloqot qilishga tayyorlik. Qo‘shnilar bilan munosabatlarda har doim manfaatlar ixtilofi mavjud, bu tabiiy hol. Masalalarni muhokama qilishdan qochish emas, ongli murosalarni topish – bu mamlakatimiz yangi rahbariyatining tashqi ishlardagi siyosatini ajratib turuvchi birinchi va eng asosiy trenddir.
Ikkinchi trendni men shunday aytgan bo‘lardim – "yo‘llarning ochilishi". Bunda nafaqat aloqa yo‘llari nazarda tutilmoqda. Muloqot, savdo, odamlarning o‘zaro tashriflari uchun to‘siqlarning bartaraf etilishi. Misol uchun, Qozog‘iston bilan oxirgi 3 oy ichida savdo hajmi qiymat ko‘rinishida 30 foizga, jismoniy hajmda esa 40 foizga oshgan. Bu esa sun'iy, sub'yektiv to‘siqlar bartaraf etilgani hisobigagina amalga oshdi", deb aytdi Safoyev.
"Biz iqtisodiy munosabatlarning deideologizatsiyasi (mafkuradan voz kechish) zarurligi, qandaydir siyosiylashuvini yengib o‘tish haqida ko‘p gapirganmiz. Biroq bu shior endi amalga oshirila boshlandi. Yillar davomida olis o‘lkalardan bug‘doy sotib olganmiz, vaholanki uni shu vaqt ichida Qozog‘istondan olishimiz mumkin edi. Bugungi kunda shu sun'iy to‘siqlar olinmoqda. Ayniqsa hududlar o‘rtasida aloqalarni mustahkamlash – bu O‘zbekiston tashqi siyosatida mutlaq yangi jihatdir, avval biz bundan masofalashardik. Bugungi kunda asoslangan holda bunga odamlar kutayotgan masalalarni hal qilishning bosh dastagi sifatida qaralmoqda. Bugun Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston hududlari bilan munosabatlarimiz borgan sari institutsional xarakter kasb etmoqda", deb o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi siyosatchi.
Mavzuga oid
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:33 / 04.06.2026