Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston prezidenti Ostonaga tashrif buyuradi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov 18-19 aprel kunlari Qozog‘istonga davlat tashrifi uyushtiradi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi saytida ma'lum qilindi.
"Yuqorilardagi uchrashuv do‘stona Turkmaniston-Qozog‘iston munosabatlari tarixiga muhim bobni kiritishga chorlangan", deyilgan xabarda.
Ma'lum qilinishicha, Berdimuxamedov Turkmanistonning Ostonada 10 iyundan 10 sentabrgacha o‘tadigan "EKSPO-2017" xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishi haqidagi qarorni imzolagan.
Qozog‘iston va Turkmaniston prezidentlarining Ostonada o‘tadigan muzokaralari davomida asosiy e'tibor savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish hamda mintaqada tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash masalalariga qaratiladi.
Nursulton Nazarboyev fevral oyida Berdimuxamedovni Turkmaniston prezidenti saylovlaridagi g‘alabasi bilan tabriklab, uni Qozog‘istonga kelishga taklif qilgandi. Berdimuxamedov taklifni qabul qilgandi.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
20:29 / 02.03.2026