Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi
Koreya respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 15 apreldan mamlakat prezidentliigi uchun nomzodlarni rasman ro‘yxatga olishni boshladi. Respublika davlat rahbarini aniqlab beradigan navvbatdan tashqari prezidentlik saylovlari 9 may kuni bo‘lib o‘tadi, deya yodga olmoqda YTN telekanali.
17 apreldan saylovoldi kampaniyasi boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, Koreya konstitutsiyaviy sudi 10 mart mamlakat prezidenti Pak Kin Xega nisbatan qo‘llanilgan impichmentni ma'qullagan edi. U respublika tarixidagi eng yirik korrupsiya mojarosiga aralashib qolgach, 2016 yil 9 dekabrida mamlakat parlamenti Pak Kin Hega impichment qo‘llagandi.
Yonhap agentligiga ko‘ra, MSK prezidentlikka ikki asosiy nomzod Demokratik partiya vakili Mun Je In va markazchi kayfiyatdagi "Xalq partiya"si vakili An Chxol Su hamda yana 10 nafar da'vogarni ro‘yxatga olgan.
10 mart kuni dastlabki ro‘yxatga olish jarayonida 26 nafar nomzod ro‘yxatdan o‘tgan, keyinchalik 5 nafari o‘z niyatidan qaytgan edi. Ta'kidlanishicha, nomzodlar soni yana qisqarishi mumkin, chunki ro‘yxatdan o‘tish uchun 260 ming dollar miqdorida badal to‘lash talab etiladi. Nomzod saylovchilarning 15 foiz ovozini to‘play olsa, bu mablag‘lar qaytariladi.
Ijitmioy so‘rovlarda yetakchilik qilayotgan Mun Je Inning bayonot berishicha, Janubiy Koreyada "yangi tarix boshlanmoqda". "Yangi Koreya — har bir kishi uchun. Bizlar qalblarimizni birlashtirib, yangi Koreyani barpo etadigan vaqt keldi", — degan Mun Jye In.
Uning asosiy raqibi An Chxol Su esa, saylovchilar "o‘tmishga qaytishni yoki kelajakni barpo qilishdan birini tanlashlari mumkin"ligini aytgan.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026