Jahon | 23:04 / 16.04.2017
4172
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada islohotlar tarafdorlari va unga qarshi chiqayotganlar orasidagi farq 3 foizgacha qisqardi

Foto: RIA

Turkiyada o‘tayotgan referendumda 97 foiz byulletenlar hisob-kitob qilingandan keyin islohotlarning qabul qilinishi tarafdorlari ulushi yanada kamaydi, biroq ular yetakchilikni o‘zlarida saqlab qolishdi. Islohotlar uchun ovoz berganlar 51,5 foizni, unga qarshi chiqayotganlar 48,5 foizni tashkil qilmoqda.  

Ovozlar hisob-kitob qilinishi davomida prezidentlik boshqaruviga o‘tish tarafdorlarining ulushi muntazam kamayib bordi.

Islohotlar tarafdorlari Turkiyaning 81 viloyatidan 48 tasida g‘olib bo‘ldilar. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid