Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada prezidentlik boshqaruviga o‘tish tarafdorlari ulushi kamayib bormoqda
Turkiyada o‘tgan konstitutsiyaviy referendum natijalariga ko‘ra, parlament boshqaruvi tizimidan prezident boshqaruvi tizimiga o‘tish tarafdorlari yetakchilik qilmoqda, biroq natijalar yangilanib borayotgani sayin ularning ulushi kamaymoqda. Saylov byulletenlarining 69 foizi ko‘rib chiqilgandan keyin islohotlar tarafdorlari 55 foizni tashkil qilmoqda.
Byulletenlarning 24 foizi ko‘rib chiqilganda boshqaruv shaklining o‘zgarishi tarafdorlari 63,4 foiz saylovchilarni tashkil qilayotgandi, 42 foiz byulleten ko‘rib chiqilgandan keyin esa ularning ulushi 59 foizga kamayib ketgandi.
Islohotlarga qarshi chiqayotganlar ulushi 45 foizni tashkil qilmoqda.
Prezident boshqaruvi shakliga o‘tish tarafdorlari Anqara, Istanbul va turk viloyatlarining aksariyatida, aholisi asosan kurdlardan tashkil topgan janubi-sharqiy viloyatlardan (Diyorbakir, Van, Agri, Mardin va boshqalar) tashqari, hamda O‘rta yer va Egey dengizlari sohillarida joylashgan viloyatlarda (Antaliya, Mersin, Mugla, Izmir) katta farq bilan g‘alaba qilmoqdalar.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
20:20 / 14.06.2026
Shveytsariyada referendum: mamlakat aholisi sonini cheklash taklifi rad etildi
15:55 / 13.06.2026