Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh vitse-prezidenti: “Vashingtonning Shimoliy Koreyaga nisbatan sabri tugadi”
AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens dushanba kuni Koreya yarim orolini ajratib turuvchi qurolsizlantirilgan hududga bordi va Vashingtonning KXDRga nisbatan “strategik sabriga yakun yetganini” ma'lum qildi, bunday holatda istalgan choralar ro‘y berishi mumkin, deya ma'lum qildi Ryonxap axborot agentligi.
"Strategik sabrga yakun keldi", - deya Pensning so‘zlarini keltiradi agentlik. Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, barcha “takliflar stolda”, hamda Shimoliy Koreya “AQShning ittifoqchilar bilan birga bo‘lish borasidagi qat'iyatiga shubha qilmasa ham bo‘ladi”.
Amerika vitse-prezidenti qurolsizlantirilgan hududga borib, Janubiy Koreyaga bo‘lgan uch kunlik tashrifini boshladi.
Demilitarizatsiya hududi Koreya yarim oroli bo‘ylab cho‘zilgan 4 kilometrlik yo‘lak bo‘lib, uning o‘rtasidan harbiy-demarkatsiya chizig‘i o‘tadi.
Pens tashrif davomida Koreya Respublikasi prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Xvan Gyo An bilan KXDRga bosim o‘tkazishni kuchaytirish va Janubiy Koreyada Amerikaning THAAD raketalarga qarshi tizimini joylashtirish masalasini muhokama qiladi.
Mavzuga oid
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026