Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 11:49 / 17.04.2017
6612
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy janubi-g‘arbida avtobus daryoga qulashi insonlar o‘limiga sabab bo‘ldi
Xitoyning janubi-g‘arbiy Guychjou viloyatida yo‘lovchi avtobusi daryoga qulab tushishi oqibatida 10 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Sinxua agentligi mahalliy hokimiyatga tayangan holda shu haqda xabar qilmoqda.
Hodisa ertalab 8:30da Guyyan shahar okrugining Kayyan muzofotida ro‘y bergan. Avtobus ko‘prikdan o‘tayotgan vaqtda daryoga qulagan.
![]()
Ta'kidlanishicha, 4 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Fojia joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda, hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish