Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iz muxolifati yetakchilari turli yillarga ozodlikdan mahrum etildi
Bishkek shahrining Pervomay tuman sudi muxolifatdagi "Xalq parlamenti" yetakchilariga 4 yildan 20 yilga jazo muddatlari tayinladi. Ular Qirg‘izistonning amaldagi hukumatini ag‘darishga qarshi til biriktirganlikda aybdor deb topildi. Bu haqda jurnalistlarga sudlanganlarning yaqinlari ma'lum qilishdi.
2016 yil bahorida Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi "Xalq parlamenti" partiyasi yetakchilarini qo‘lga olgan edi. Bunga internet tarmog‘ida go‘yoki muxolifat yetakchilarining hokimiyatni kuch bilan egallab olish rejalarini muhokama qilgan audioyozuvlar paydo bo‘lgani sabab bo‘ldi. Respublika parlamenti sobiq deputati Kubanichbek Qodirov, Jalolobod viloyati sobiq hokimi Bektur Asanov, mamlakat sobiq davlat kotibi Doston Sarigulov va Ernst Qaribekov respublika jinoyat kodeksining "hokimiyatni kuch bilan egallab olishga tayyorlanish" va "hokimiyat vakiliga nisbatan kuch ishlatishga tayyorlanish" bandlari bo‘yicha aybdor deb topilgan.
Hukmga ko‘ra, Abdurazak Boromboyev, Asanov va Qodirov 12 yillik kuchaytirilgan qamoq jazosini o‘taydi. Karibekovning mol-mulki musodara qilinib, 20 yilga qamoq jazosi tayinlangan. Talas viloyatining sobiq hokimi va "Qirg‘izoltin" davlat konserni sobiq rahbari 70 yoshli Sarigulov 4 yillik shartli hibs jazosiga mahkum etilgan va sud zalidan dastlabki qamoqqa olish davomida bu muddatni o‘tagani uchun ozod qilingan.
Sud majlisi yopiq tartibda bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid
18:42 / 08.05.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sug‘orish suvini yetkazish jadvalini kelishib oldi
07:40 / 07.05.2026
Qirg‘iz-tojik-o‘zbek chegarasidagi «Do‘stlik» xalqaro savdo-iqtisodiy parki konsepsiyasi taqdim etildi
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
18:24 / 29.04.2026