Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston muxolifati prezidentlik saylovi avgustda o‘tkazilishini talab qilmoqda
Qirg‘izistonda muxolifat kuchlari navbatdagi prezidentlik saylovini avgust oyidan kechiktirmasdan o‘tkazish kerak deb hisoblamoqda. Bu haqda mamlakatning sobiq bosh prokurori, "Ota-Makon" partiyasi vakili bo‘lgan parlament deputati Aida Salyanova fikr bildirib o‘tgan.
Qirg‘iziston konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident faqat bir marta 6 yil muddatga saylanishi mumkin. Amaldagi prezident Almazbek Atambayev 2011 yilning 1 dekabrida vazifasiga kirishgan. Bundan oldinroq u respublika prezidentligi uchun navbatdagi saylov 2017 yilning 19 noyabrida o‘tkazilishi haqida ma'lum qilgandi.
Muxolifat deputati Atambayevning vakolati 2 dekabr kuni yakunlanishi haqida aytib o‘tgan. "Saylov 19 noyabr kuni o‘tkazilsa, saylov protseduralarini o‘tash uchun 12 kun muddat qoladi. Bu esa juda kam muddat", degan Salyanova.
U 2011 yilgi saylov vaqtida buning uchun 2 oydan ko‘proq muddat bo‘lganini eslab o‘tgan. O‘shanda saylov 30 oktabr kuni o‘tkazilgan, Roza O‘tunbayevaning vakolati esa 31 dekabr kuni tugagandi.
Deputatning fikricha, agar Atambayev 2 dekabrga qadar barcha vakolatlarini topshirmasa, uning davlat rahbari sifatidagi keyingi qarorlari e'tirozlarga sabab bo‘lishi mumkin.
"Ota-Makon" fraksiyasi rahbari Almambet Shikmamatovning aytishicha, konstitutsiyaga ko‘ra ham saylov avgustdayoq o‘tkazilishi kerak. "Qonunga ko‘ra ovozlarni hisoblash uchun 20 kun, yakuniy natijani e'lon qilish uchun esa 3 kun ajratilgan. Bundan tashqari ehtimoliy ikkinchi tur va saylov natijasiga beriladigan ehtimoli shikoyatlar uchun muddat kerak", — degan u.
Muxolifat vakillarining bildirishicha, "Ota Makon" fraksiyalar rahbarlari va parlament spikeriga Jogorku Kenesh (parlament) aprel oyi oxiriga qadar saylov muddatini aniq e'lon qilishi kerakligi bo‘yicha murojaatnoma yo‘llagan.
Mavzuga oid
10:11 / 29.12.2025
Kosovo saylovlari: hukmron partiya g‘alaba qozondi
23:38 / 26.12.2025
Zelenskiy ofisi Ukrainada saylov uchun pul yo‘qligini aytdi
19:17 / 19.12.2025
Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi
08:04 / 15.12.2025