Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel Turkiyadagi referendum bo‘yicha bayonot bilan chiqdi
Germaniya Turkiya hukumatini mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlar bilan “hurmat ruhidagi muloqot”ga chaqiradi. Bu haqda GFR kansleri Angela Merkel va GFR TIV rahbari Zigmar Gabrielning qo‘shma bayonotida aytilgan.
Bayonot dushanba kuni hukumat matbuot xizmati tomonidan tarqatildi.
"Turkiya xalqi Turkiya respublikasi konstitutsiyasini o‘zgartirish uchun ovoz berishi kerak edi. Federal hukumat ovoz berishning oraliq yakunlarini qabul qiladi. U turk fuqarolarining bu boradagi qarorini hurmat qiladi", - deyiladi hujjatda.
"Ovoz berish yakuni turk jamiyati naqadar kuchli ravishda ikkiga bo‘linib ketganini ko‘rsatdi. Bu mamlakat rahbariyati va shaxsan prezident (Toyyib) Erdo‘g‘anning katta majburiyatidan dalolat beradi. Federal hukumat Turkiya hukumati referendumni o‘tkazish bo‘yicha qattiq kampaniyadan so‘ng, davlatdagi barcha siyosiy va jamoatchilik kuchlari bilan hurmat orqali muloqot qilishga harakat qilishini kutadi", - deya ta'kidlanadi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada boshqaruvning prezidentlik shakliga o‘tish bo‘yicha konstitutsiyaviy referendum uning tarafdorlari g‘alabasi bilan yakunlandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, ular 51,2 foiz ovoz olishgan, bu esa konstitutsiyaviy islohotga qarshi bo‘lganlardan 1,25 millionga ko‘p degani.
Mavzuga oid
20:08 / 07.07.2026
Anqarada NATO sammiti boshlandi - Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026