Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rta yer dengizida bir kun ichida 4,5 ming muhojir qutqarib qolindi
Italiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati bir kun ichida Yevropaga Liviyadan O‘rta yer dengizidagi Sitsiliya bo‘g‘ozi orqali o‘tmoqchi bo‘lgan 4,5 ming muhojirni qutqarib qoldi. Bu haqda 16 aprelda Il Sole 24 Ore nashri xabar berdi.
Damlangan qayiqlardan birida 7 jasad aniqlangan. Reuters axborot agentligi esa Liviya qirg‘oqlari yaqinida kamida 20 muhojir halok bo‘lganini ma'lum qilgan.
Yordam Italiya va bir qator nohukumat tashkilotlarining kemalarida 33 ta qutqaruv operatsiyasi davomida ko‘rsatildi.
Muhojirlar oqimining bunday keskin oshishiga dengizdagi osoyishta ob-havo sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Odamlarni noqonuniy tashuvchilarning fikricha, bunday qulay sharoit 200 km lik bo‘g‘ozni xavfsiz kechib o‘tishga imkon yaratadi.
Mavzuga oid
12:19 / 29.05.2026
“Eron Liviyaning kuni boshiga tushishidan qochyapti” - siyosatshunos
10:24 / 04.04.2026
200 dan ortiq ukrain harbiylari Liviyada - surishtiruv tafsilotlari
13:34 / 04.02.2026
Liviyada Qazzofiyning o‘g‘li o‘ldirildi
10:18 / 28.01.2026